21:45 / 01.09.2021
3 113

«Barselona» 10-raqamni kimga bergani ma’lum bo‘ldi

«Barselona» 10-raqamni kimga bergani ma’lum bo‘ldi
Foto: Twitter
Lionel Messi «Barselona»ni tark etganidan so‘ng bo‘sh qolgan 10-raqamni kimga berish aniqlandi. Katalon klubi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, endilikda 10-raqam ostida 18 yoshli Ansu Fati harakat qiladi. Ungacha Fatiga 31-raqam tegishli edi.

Fati «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoadagi debyutini 2019 yilning avgustida o‘tkazgan. O‘tgan vaqt davomida futbolchi 43 ta o‘yinda 13 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Qayd etish o‘rinli, Fati og‘ir jarohati tufayli 2020 yilning noyabridan buyon maydonga tushgani yo‘q.

Avvalroq «Barselona» 2021/22 yilgi mavsumda 10-raqamni hech kimga bermoqchi emasligi haqida xabar tarqalgandi.

Lionel Messi «PSJ»ga o‘tgunga qadar katalon klubi bilan Ispaniya chempionati (10), Ispaniya Kubogi va Superkubogi (7 tadan), Chempionlar Ligasi (4), Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi Jahon Chempionati (3 martadan) bosh sovrinlarini qo‘lga kiritgan.

Messi faoliyati davomida «Barselona»dan boshqa jamoada o‘ynamagan. U «ko‘k-anorranglilar» safida umumiy hisobda 778 ta o‘yin o‘tkazib, 672 ta gol va 305 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning jamoa bilan qo‘lga kiritgan sovrinlari soni esa 35 tani tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» 10-raqamni kimga bergani ma’lum bo‘ldi