09:17 / 02.09.2021
2 788

Ronaldu uzoq kutilgan afsonaviy rekordni o‘rnatdi!

Ronaldu uzoq kutilgan afsonaviy rekordni o‘rnatdi!
Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Kecha Yevropa qit’asi jamoalaridan Portugaliya Irlandiyaga qarshi o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 85 va 90+6-daqiqalarda ikkita gol urgan Ronaldu jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

E’tiborlisi, ushbu dubl evaziga portugaliyalik yulduz terma jamoa safida kiritgan gollari sonini 111 taga etkazib oldi va bu borada yangi rekord o‘rnatdi. Avval ushbu ko‘rsatkich eronlik Ali Dayiga tegishli edi.

Ma’lumot uchun, 36 yoshli Ronaldu Portugaliya terma jamoasi tarkibida 2003 yilda debyut qilgan va bu vaqt oralig‘ida 180 uchrashuvda maydonga tushgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu uzoq kutilgan afsonaviy rekordni o‘rnatdi!