23:17 / 03.09.2021
1 759

Ravshan Ermatov yana bir mas’ul vazifaga saylandi

Ravshan Ermatov yana bir mas’ul vazifaga saylandi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Markaziy Osiyo futbol konfederatsiyasining hakamlar qo‘mitasi raisi etib saylandi.

Kuni kecha qo‘mitaning onlayn yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mintaqaga a’zo mamlakatlar Eron, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekiston mutaxassislari ishtirok etishdi. Konferensiyani Ravshan Ermatov hamda tashkilot bosh kotibi tojikistonlik Ulug‘bek Karimov olib bordi va CAFA tomonidan mintaqada hakamlikni rivojlantirish, yangi bosqichga olib chiqish va musobaqalarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Yaqin kelajakdagi yirik turnirlar bo‘lmish oktabr oyidagi U18 va noyabr oyidagi U15 chempionatlari, shuningdek, yanvarda o‘tkazguncha hakamlarning tayinlanishi va zamonaviy kriteriylarga mos ravishda faoliyat olib borishi aytildi.

Markaziy Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan doimiy ravishda amaliy va nazariy kurslar tashkil etilishi, VAR tizimi ko‘nikmalarini egallash bo‘yicha mashg‘ulotlar, FIFA va OFK dasturlari asosda o‘quv-yig‘inlarida ishtirok etishi, muntazam onlayn seminarlar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Manba: O‘FA

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ravshan Ermatov yana bir mas’ul vazifaga saylandi