17:38 / 04.09.2021
7 971

Joze Mourinoning shaxsan o‘zi Shomurodovni sotib olishni so‘raganmidi?

Joze Mourinoning shaxsan o‘zi Shomurodovni sotib olishni so‘raganmidi?
Ayni paytda Shvetsiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqda. Yig‘in doirasida O‘FA matbuot xizmati terma jamoamiz yetakchisi Eldor Shomurodov bilan maxsus intervyu uyushtirdi. Quyida ushbu suhbatdan parchalarni keltiramiz:

– "Roma"ning taklifi qachon va qanday ro‘y berdi?
– "Roma" haqida gap-so‘zlar chiqa boshlagan vaqt agentlarim bilan gaplashganimda, haqiqatan qiziqish borligini aytishdi. Barchasi juda tez, 1 hafta ichida bo‘lib o‘tdi. Murabbiyning o‘zi ham agentim bilan gaplashgan ekan. U mening o‘zimga ham qo‘ng‘iroq qildi. Boshida o‘zim ham ishonmagandim.

– Sizni sotib olishni shaxsan Mourino talab qilgani rostmi?
– Menimcha, Mourinoning o‘zida mening xizmatimga qiziqish bo‘lgan. Ko‘rishganimizda ham aynan shu haqda aytdi.

– Butun dunyo tan olgan kuchli mutaxassis bilan ishlash jarayonida muammolar tug‘ilmayaptimi?
– Hozircha, hech qanday bosim yo‘q. Biz bir jamoa ichida bitta maqsad sari intilmoqdamiz. Klub ichida hammasi joyida. Biz ustoz-shogird sifatida mashg‘ulot olib boramiz. Faqatgina boshida ozgina hayajon bor edi. Ammo hozir hammasi yaxshi.

– "The Special"ning o‘ziga xos tomonlari sizning ko‘zingizga tashlandimi?
– Birinchi navbatda shuni aytishim mumkin-ki, Mourino juda kuchli psixolog. O‘sha tomonini ilk ko‘rishdayoq sezdim. Albatta, uning har tomonlama o‘ziga xos jihatlari bor. U bilan birga ishlash qiziqarli, ayniqsa, mashg‘ulotlarni juda ajoyib tarzda olib boradi.

Quyida to‘liq intervyuni tomosha qilish imkoniyatiga egasiz:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Joze Mourinoning shaxsan o‘zi Shomurodovni sotib olishni so‘raganmidi?