07:30 / 06.09.2021
1 448

Ronaldu futbolda yana qancha qolishini aytdi

Ronaldu futbolda yana qancha qolishini aytdi
36 yoshida “Manchester Yunayted” bilan shartnoma imzolab, Angliya premer-ligasida eng katta maosh oladigan futbolchiga aylangan Krishtianu Ronaldu kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

- Men futboldagi faoliyatimni davom ettiraman, chunki sovrinlar yutish uchun ishtiyoq hali so‘ngani yo‘q. Imkon qadar uzoq vaqt davomida zarur sifatlarimni saqlab qolishga harakat qilaman va bu menga yana to‘rt-besh yil yuqori saviyada o‘ynash imkonini beradi, - dedi Krishtianu Ronaldu.

"Yuventus"dan ketgan Ronaldu manchesterliklar bilan ikki yillik bitim imzolagan. O‘zaro kelishuvga ko‘ra, hamkorlik yana bir mavsumga uzaytirilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Ronaldu futbolda yana qancha qolishini aytdi
[/banner_pushhouse