16:58 / 07.09.2021
1 434

MDH o‘yinlari—2021. O‘zbekiston delegatsiyasining medallari soni 47 taga yetdi

MDH o‘yinlari—2021. O‘zbekiston delegatsiyasining medallari soni 47 taga yetdi
Foto: MOQ
Rossiyaning Qozon shahrida MDH o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. 6 sentabr kungi musobaqalarda O‘zbekiston delegatsiyasi 11 ta medalga ega chiqdi.

Pnevmatik quroldan o‘q otish (10 m) bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Muhammad Kamolov oltin medalga ega chiqdi. Bu O‘zbekiston uchun 15-oltin medal bo‘ldi.

Kurashchilardan to‘rt nafari kumush medalga ega chiqqan bo‘lsa, besh nafari bronzani qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 3x3 basketbol bo‘yicha ayollar terma jamoasi bronza medaliga ega chiqdi.

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining medallari soni 47 taga (15 ta oltin, 18 ta kumush va 14 ta bronza). O‘zbekiston umumiy ro‘yxatda Rossiyadan keyin ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, MDH o‘yinlarida 9 ta davlat — Rossiya, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Moldova va Armanistondan 14 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar qatnashmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » MDH o‘yinlari—2021. O‘zbekiston delegatsiyasining medallari soni 47 taga yetdi