10:22 / 09.09.2021
1 730

MDH o‘yinlarida muaytaychilarimiz 8 ta medalni qo‘lga kiritdi

MDH o‘yinlarida muaytaychilarimiz 8 ta medalni qo‘lga kiritdi
Xabaringiz bor, Rossiyaning Qozon shahrida MDH o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur turnirda o‘zbekistonlik sportchilar ham muvaffaqiyatli ishtirok etayapti. Muaytaychilarimiz ham o‘zlarini ijobiy tomondan ko‘rsatib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Jumladan, muaytay ustalari terma jamoamiz delegatsiyasiga 8 ta medalni qo‘shib qo‘yishdi. 57 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Faxriddin Hasanov MDH o‘yinlari chempioniga aylandi. U finalda qirg‘izistonlik Ularbek Abdiyevni mag‘lubiyatga uchratdi. Shuningdek, Parviz Abdullayev (63,5 kg) kumush, Davlatshoh Shamsiyev (60 kg), Rahimjon Boltaboyev (67 kg), Karimjon Karimov (71 kg), Azizbek Madaminov (75 kg), Shahramxon Hasanxonov (81 kg), Ismatilla Ismatillayev (91 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasida medallar soni 67 taga yetdi. Shulardan 17 tasi oltin medallardir. Kumush medallar soni 26 ta, bronzalar esa 24 tani tashkil etgan va medallar jamg‘arish bo‘yicha Rossiyadan keyin 2-o‘rinni band etib turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » MDH o‘yinlarida muaytaychilarimiz 8 ta medalni qo‘lga kiritdi