22:00 / 10.09.2021
2 972

Mirjalol Qosimov: "Kim gol ursa, o‘sha jamoa yutib ketardi"

Mirjalol Qosimov: "Kim gol ursa, o‘sha jamoa yutib ketardi"
Superliganing 17-turidan o‘rin olgan "Navbahor" — AGMK (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bugun chiroyli, jangovar o‘yin bo‘ldi. Ikkala taymda ham ochiq o‘yin guvohiga aylandik. Kim gol ursa, o‘sha jamoa yutib ketardi. Yigitlarimiz so‘nggi daqiqagacha harakat qilishdi, ammo yakunda jangovar durang qayd etildi.

G‘alaba qozonganimizda yanada yaxshi bo‘lardi. Ikkala jamoa bir ochkodan oldi, boriga shukur. Qaytaraman, kimning omadi kelib gol urganida, o‘sha tomon 3 ochko olardi.

Biz har bir o‘yinda maydonga tushib, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz va muxlislarga chiroyli o‘yin ko‘rsatish uchun o‘ynaymiz. Chempionat oxirida kim qaysi o‘rinda bo‘lishi ma’lum bo‘ladi
", — deydi Mirjalol Qosimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: "Kim gol ursa, o‘sha jamoa yutib ketardi"