22:04 / 10.09.2021
2 459

Shuhrat Maqsudov: "To‘xtasinovning o‘yinidan qoniqmaganimda u zahirada o‘tirardi"

Shuhrat Maqsudov: "To‘xtasinovning o‘yinidan qoniqmaganimda u zahirada o‘tirardi"
Superliganing 17-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" — "Qo‘qon-1912" (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Shuhrat Maqsudov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Shunday shiddatli o‘yin bo‘lishini kutgandik. Nafaqat bu turda, barcha turda shunday o‘yinlar bo‘lmoqda. Mana shunday o‘yinlar orqali yosh futbolchilar kelajakda O‘zbekiston terma jamoasiga foyda keltirishadi, deb o‘ylayman. "Qo‘qon-1912" jamoasiga keyingi o‘yinlarda omad tilayman va Aleksandr Merzlyakovga tezroq tuzalib ketishini tilayman. Bundan tashqari o‘zimizning futbolchimiz Farrux Ikromovga sog‘lik-salomatlik tilayman. Tez orada safimizga qaytishini tilab qolaman. Albatta, bugungi o‘yin uchun futbolchilarimga va klubimizning barcha xodimlariga katta rahmat aytaman. Ishlagan va mehnat qilgan odam xato qiladi. Xato qildik va gol o‘tkazib yubordik", - deydi Shuhrat Maqsudov.

— O‘yin davomida To‘xtasinovga 2-3 marta keskin e’tiroz bildirdingiz. Uning o‘yinidan qoniqmadingizmi?
— Agar Nurillo To‘xtasinovning o‘yinidan qoniqmaganimda, u zahira o‘rindig‘ida o‘tirgan bo‘lardi. Albatta qoniqish hosil qildim. Bu futbol. Barcha narsa o‘yin davomida ehtiros orqali chiqib ketdi", — deydi Shuhrat Maqsudov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shuhrat Maqsudov: "To‘xtasinovning o‘yinidan qoniqmaganimda u zahirada o‘tirardi"