22:09 / 10.09.2021
2 637

Viktor Jalilov: "Ikki jamoa ham g‘alabaga munosib edi, deya olmayman"

Viktor Jalilov: "Ikki jamoa ham g‘alabaga munosib edi, deya olmayman"
Superliganing 17-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - AGMK (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Viktor Jalilov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"O‘ylashimcha, hisob o‘yinga mos bo‘ldi. Hech bir jamoa g‘alabaga munosib edi, deya olmayman. Golli vaziyatlar ko‘p bo‘lmadi. Bunday uchrashuvlardan barchasini yagona gol hal qiladi. Bizda ham, AGMKda ham to‘p nazoratiga egalik kuzatildi. Hujumlar, qarshi hujumlar uyushtirishga intildi.

Hujumga e’tibor qaratishga intilyapmiz, lekin ko‘p narsa futbolchilarning mahoratiga, raqibning qarshiligiga ham bog‘liq. Qolaversa, AGMK ham kuchli jamoa, bejiz turnir jadvalining yuqori o‘rinlarida bormayapti. To‘g‘ri, hujumda muammolarimiz bor, hujumlarimiz yakuniga yetmay qolyapti. Lekin baribir, asta-sekin hujumdagi salohiyatimizni oshirib boryapmiz. Hali oldinda ko‘p o‘yinlar bor. Golban haqida biror narsa, deya olmayman, barchasi tekshiruvlardan keyin aniq bo‘ladi. Hammasi shifokorlarga bog‘liq.

Bizda hech kim himoyadan o‘ynashni atayin xohlamaydi. Barchasi tarkibda qanday futbolchilar borligiga bog‘liq. Yigitlarni ranjitmoqchi emasman, lekin ayrim jihatlar bo‘yicha aksariyat futbolchilarimizga mahorat yetishmayapti. Shu bois, jamoamizdan O‘zbekiston termasida futbolchi yo‘q. Hujumdagi futbolchilarimiz terma darajasiga tortadigan o‘yin ko‘rsatishmayapti. O‘ylashimcha, ular hali o‘z mahoratlarini ko‘rsatishadi. Misol uchun, O‘rinboyev birinchi davradagiga nisbatan ancha o‘yinini o‘nglab oldi
", - deydi Viktor Jalilov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Viktor Jalilov: "Ikki jamoa ham g‘alabaga munosib edi, deya olmayman"