20:02 / 12.09.2021
3 824

“Roma”da men bilan gaplashmay qo‘yishdi

“Roma”da men bilan gaplashmay qo‘yishdi
“Roma” safini tark etgan jahon chempioni Pedro Rodriges yangi jamoasi “Latsio”ga o‘tganidan keyin Rimda unga qanday munosabatda bo‘lishganini gapirib berdi.

- “Roma”da qiyin vaziyatga tushib qoldim. Men bilan rahbariyatning biror vakili gaplashmasdan jamoadan chetlatib yuborishdi. Keyin “Latsio” bosh murabbiyi Mauritsio Sarriga murojaat qildim. Transfer amalga oshdi. Bundan juda xursandman, - dedi Pedro.

Pedrodan “Roma”ga qarshi derbida gol urish istagi haqida so‘rashdi.

- “Roma” endi o‘tmishda qoldi. Bu haqida gapirishni istamayman. Men hozirgi jamoadagi do‘stlarimga imkon qadar ko‘proq yordam bermoqchiman. Men hozir shu haqida o‘ylashim kerak, - dedi Pedro.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Roma”da men bilan gaplashmay qo‘yishdi