00:16 / 13.09.2021
2 217

Diyor Imomxo‘jayev: O‘zbekiston futzalchilari baribir zo‘r...

Diyor Imomxo‘jayev: O‘zbekiston futzalchilari baribir zo‘r...
Litvadagi futzal bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Gvatemala bilan o‘yin o‘tkazdi. Bellashuvda vakillarimiz 4:1 hisobidagi mag‘lubiyatni 4:4 ko‘rinishiga olib kelgandi. Biroq yakunda raqibimiz gol urib, g‘alabani ilib ketdi.

Uchrashuvdan so‘ng PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi sahifasida o‘z fikrlarini bildirdi.
- O‘zbekiston futzalchilari baribir zo‘r. Ular mundialga borish bilangina kifoyalanishmayapti, ular jahon chempionatida g‘olib chiqishga intilishyapti. Shuning uchun ham ular zo‘r.

Futbolda iroda va tajriba degan tushunchalar bor. Futzalchilarimiz irodasi o‘yin 2:4 vaqtida ko‘rindi va ular katta qiyinchilik bilan muvozanatni tiklashdi. Qolganiga esa ozgina tajriba yetishmadi.

Shunday mag‘lubiyatlar bo‘ladiki, uni yaxshi kayfiyatda qabul qilasan. Kimgadir jiddiy e’tirozing bo‘lmaydi. Bugun biz shunday mag‘lubiyat bilan yuzlashdik. Shu temp va ishtiyoqda davom etishimiz kerak
, - dedi Diyor Imomxo‘jayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Diyor Imomxo‘jayev: O‘zbekiston futzalchilari baribir zo‘r...