14:44 / 13.09.2021
1 144

Diyor Imomxo‘jayev: Eldor to‘ldiruvchi vazifasida, Yaxshiboyev esa murabbiy ko‘ziga ayni kerakli vaqtda ko‘rina oldi

Diyor Imomxo‘jayev: Eldor to‘ldiruvchi vazifasida, Yaxshiboyev esa murabbiy ko‘ziga ayni kerakli vaqtda ko‘rina oldi
O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev telegram kanalida legionerlarimizning kechagi o‘yinlari haqida fikr bildirdi.
"Dam olish kuni xorijda o‘ynayotgan ikki hamyurtimiz uchun omadli keldi. Shomurodov va Yaxshiboyev foydali harakatlari bilan jamoalariga 3 ochko olib berishdi. Buning ahamiyatli jihatlariga to‘xtalamiz.

Joze Mourino asosiy tarkibda Abraxamga imkoniyat berayotganini bilasiz. Eldor asosan uni to‘ldiruvchi vazifasida ko‘rinyapti. "Sassuolo"ga qarshi bellashuvda esa Mourino biz kutayotgan ishga ko‘proq qo‘l urdi. O‘yin 1:1 vaqtida murabbiy o‘zgartirishlari orqali maydonda bir vaqtning o‘zida Abraxam, Shomurodov va El-Shaaravi triosiga imkoniyat bera boshladi. Tahminan 20 daqiqa bu uchlik birga to‘p tepdi, buning mevasi 91-daqiqada ko‘rindi: Eldordan ajoyib pas va Shaaravining goli. Kerak vaqtda Mourino barcha qurollarini birgalikda qo‘llaydi ham.

Jasur Yaxshiboyev yangi jamoasi "Sherif" safida va nihoyat ko‘rindi. O‘yin 0:0 bo‘lib turgan vaqtda u ikkinchi taym uchun maydonga chiqarildi: 1 ta golli uzatma va 1 ta gol. Eng ahamiyatlisi Yaxshiboyev murabbiy ko‘ziga ayni kerakli vaqtda ko‘rina olgani. Chunki "Sherif"ni Chempionlar ligasida zo‘r raqiblar kutyapti: "Shaxtyor", "Inter", "Real". Ajab emas biz Yaxshiboyevni 15 sentabr kuni "Shaxtyor"ga qarshi uchrashuvda jamoasining asosiy figuralaridan biri sifatida ko‘rsak", - deya yozib qoldirdi Imomxo‘jayev.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Diyor Imomxo‘jayev: Eldor to‘ldiruvchi vazifasida, Yaxshiboyev esa murabbiy ko‘ziga ayni kerakli vaqtda ko‘rina oldi
[/banner_pushhouse