17:40 / 13.09.2021
2 428

Futbolchining qarori klubga “tarsaki” bo‘ldi

Futbolchining qarori klubga “tarsaki” bo‘ldi
“Bavariya”ning yetakchi futbolchilaridan Kingsli Koman klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmaydi. Uning bu qarori klub xo‘jayinlari uchun kutilmagan bo‘ldi.

Komanning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadi. Agar yangi shartnoma tuzilmasa klub uni yozda sotib yuborishiga to‘g‘ri keladi.

Kingsli Komanning chempion jamoadan ketish istagi unga Angliyaning grand klublari qiziqa boshlaganidan so‘ng paydo bo‘ldi. Xususan, “Manchester Siti” va “Liverpul” 25 yoshli futbolchini o‘z safiga chorlamoqda.

Fransiyalik yarim himoyachi “Bavariya”ga 2015 yili “Yuventus”dan o‘tgan. Shu paytga qadar Koman jami 137 ta uchrashuvda qatnashib, 24 ta gol urdi. “Bavariya” tarkibida jami 16 ta sovrinni qo‘lga kiritgan futbolchi yozda klubni tark etishga tayyor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futbolchining qarori klubga “tarsaki” bo‘ldi