23:15 / 13.09.2021
2 291

Kuba boks terma jamoasi yig‘inda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keladi

Kuba boks terma jamoasi yig‘inda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keladi
Kuba boksi jahonda o‘z nomiga ega ekanligi barchamizga yaxshi ma’lum. Bu safargi Tokio Olimpiadasida ham ular yetakchilikni qaytib olishdi. Bizni oldinda 26 oktabrdan start oladigan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati kutib turibdi.

Jit.cu sayti xabar berishicha, mazkur yirik musobaqa oldidan Kuba va O‘zbekiston boks terma jamoasi a’zolari qo‘shma o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarida ishtirok etadi. Jamoalar 12 oktabrdan O‘zbekistondagi Yangiobod bazasida o‘zaro tayyorgarlik jarayonini olib boradi va birgalikda jahon chempionatida ishtirok etish uchun Serbiyaga jo‘nab ketadi.

Shuningdek, Kuba terma jamoasi jahon chempionatiga saralashdan o‘tuvchi kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi:
48 kg: Billi Rodriges
51 kg: Damian Arse va Rolando Martines
54 kg: Yosbani Veytiya va Erislan Romero
57 kg: Osvel Kabalero va Osvaldo Dias
60 kg: Lasaro Alvares va Rafael Juber
63.5 kg: Endi Kruz va Isayel Parkament
67 kg: Kevin Braun va Xorxe Moyran
71 kg: Roniel Iglesias va Damian Leskay
75 kg: Yoenlis Felisiano Ernandes va Aleks Mishel Peres
80 kg: Arlen Lopes, Yoxanler Martines, Brayan Leon
86 kg: Xerix Ruis va Reysiel Poll
92 kg: Xulio Sezar La Krus va Xorxe Luis Felimon
+92 kg: Dine Pero va Karlos Kastilo

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kuba boks terma jamoasi yig‘inda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga keladi