09:30 / 14.09.2021
1 814

MDH o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlariga pul mukofotlari topshirildi

MDH o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlariga pul mukofotlari topshirildi
Ma’lumki, Rossiyaning Qozon shahrida tashkil qilingan birinchi MDH o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar ham munosib ishtirok etib, 91 ta medalni qo‘lga kiritgandi.

Ya’ni, vakillarimiz 23 ta oltin, 32 ta kumush va 36 ta bronza medaliga ega chiqib, umumjamoa hisobida 9 mamlakat ichida mezbon Rossiya Federatsiyasidan keyin ikkinchi o‘rinni egallagandilar.

Kecha delegatsiyamiz Toshkent shahriga qaytib keldi. Ularning keng sport jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari xodimlari va muxlislar tantanali ravishda kutib oldilar.

Shuningdek, o‘ziga xos tadbir tashkil qilinib, musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan holda, g‘olib va sovrindorlar qatoridan o‘rin egallagan sportchilarimiz munosib taqdirlandi.

Unga ko‘ra, oltin medalni qo‘lga kiritganlar 25 million so‘m, kumush medal sohiblari 15 million va bronza medali egalariga 10 millionlik pul mukofotlari topshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » MDH o‘yinlarining g‘olib va sovrindorlariga pul mukofotlari topshirildi