23:57 / 14.09.2021
2 295

YECHL. "Yang Boyz" so‘nggi soniyalardagi gol evaziga "Manchester Yunayted"ni mag‘lub etdi

YECHL. "Yang Boyz" so‘nggi soniyalardagi gol evaziga "Manchester Yunayted"ni mag‘lub etdi
Yevropa chempionlar ligasi 1-tur "F" guruhidan o‘rin olgan "Yang Boyz" hamda "Manchester Yunayted" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda maydon egalari 2:1 hisobida durang o‘ynadi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida Brunu Fernandeshning uzatmasidan so‘ng Krishtianu Ronaldu raqib posbonining oyoqlari orasidan to‘pni darvoza joylab qo‘ydi. 35-daqiqada Van-Bissaka qizil kartochka olib maydonni tark etdi.

Ikkinchi bo‘lim mezbonlarning to‘liq ustunligida o‘tdi. Bahsning 66-daqiqasida Ngamalyo gol urib, oradagi farqni yo‘q qildi. Qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘nggi soniyalarida Sibacho tomonidan kiritilgan gol "Yang Boyz"ga g‘alaba keltirdi.

"Yang Boyz" – "Manchester Yunayted" 2:1
Gollar:
0:1 – 13 Ronaldu, 1:1 – 66 Ngamale, 90+5 Teozon Sebatsho.
"Yang Boyz" – fon Ballmos, Xefti, Lauper, Kamara, Garsiya, Martins Pereyra, Fassnaxt, Serro (Sebatsho, 46), Ngamale, Ebisher, Elia.
"Manchester Yunayted" – De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelef, Shou, Pogba, Fred, Brunu Fernandesh, van de Bek (Varan, 46), Sancho (Diogu Dalot, 37), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Fassnaxt (45), Martins Pereyra (50), Varan (64).
Chetlatish: Uan-Bissaka (35).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » YECHL. "Yang Boyz" so‘nggi soniyalardagi gol evaziga "Manchester Yunayted"ni mag‘lub etdi