Rossiya premer-ligasi vakili “Axmat” jamoasi bosh murabbiyi Andrey Talalayev “Zenit” hujumchisi Sardor Azmunga A Seriya klublaridan jiddiy chorlovlar bo‘layotganiga munosabat bildirdi.
Rossiyalik mutaxassis jurnalistlarning eronlik hujumchiga A Seriya qanchalik mos kelishi haqidagi savoliga Shomurodov misolida javob berdi.
- Bunga Eldor Shomurodovni misol qilish mumkin. Gavdali va shu bilan birga tezkor hujumchilar hamma jamoaga kerak. Shomurodov “Roma”da o‘ynashni uddalayapti. Mening nazarimda, Sardor o‘yin borasida Eldordan ustun. Shuning uchun ham Azmun Italiyaning kuchliroq jamoasiga o‘tsa, o‘zini ko‘rsata oladi, - dedi Andrey Talalayev.
Eslatib o‘tamiz, Sardor Azmunni sobiq “paxtakorchi” Marat Kabayev kashf qilgan va uni “Rubin”ga olib kelgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi