23:28 / 15.09.2021
2 174

Joze Mourino: Asosiy maqsad – uchta turnirda g‘olib chiqish!

Joze Mourino: Asosiy maqsad – uchta turnirda g‘olib chiqish!
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino Konferensiyalar ligasi guruh bahslari oldidan maqsadini aniq aytdi.

- Men ilgari hozir mavjud bo‘lmagan Yevrokubokni yutganman. Bu 1997 yilda bo‘lgan va o‘shanda “Barselona” bilan Kubok egalari kubogini qo‘lga kiritgan edik. Hozir men Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqishni istayman. Maqsadimiz faqat shu sovrin emas. Biz o‘zimiz ishtirok etayotgan uchta turnir – milliy chempionat, Italiya kubogi va Konferensiyalar ligasida zafar quchishni rejalashtirganmiz.

Albatta, A Seriya eng ustuvor musobaqa. Lekin men jamoa mentalitetini to‘g‘ri shakllantirmoqchiman. Bizga har bir bo‘lajak bahs muhim
, - dedi Joze Mourino.

“Roma” UYEFA Konferensiyalar ligasi guruh bosqichidagi birinchi uchrashuvini 16 sentabr kuni o‘z maydonida Bolgariyaning SSKA klubiga qarshi o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Joze Mourino: Asosiy maqsad – uchta turnirda g‘olib chiqish!