13:07 / 16.09.2021
1 455

"Qizilqum"ning "Nasaf"ga ham tayyorlab qo‘ygan "sovg‘asi" bormi?

"Qizilqum"ning "Nasaf"ga ham tayyorlab qo‘ygan "sovg‘asi" bormi?
«Nasaf» Superliganing 18-turida Navoiyning «Qizilqum» jamoasini qabul qiladi. «Nasaf» – «Qizilqum» uchrashuvi 16 sentabr kuni Qarshi shahridagi «Markaziy» stadionda bo‘lib o‘tadi. Bellashuv soat 19:00da boshlanadi.

Jamolar turnir jadvalida ham bir-birilari bilan yonma-yon ketishmoqda. «Ajdarlar» 27 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalining 5-pog‘onasini band etib turgan bo‘lsa, navoiyliklar 1 ochko farqi bilan 6-o‘rinni egallagan.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan
Mazkur jamoalar O‘zbekiston chempionatida shu vaqtga qadar 45 bor kuch sinashishgan. Bo‘lib o‘tgan 27 o‘yinda qarshiliklar, 7 o‘yinda esa navoiyliklar zafar quchgan. 11 o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar farqi 84-46ga teng. Ustunlik «ajdarlar» tomonida.

O‘zaro to‘qnashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: «Nasaf» – «Qizilqum» 7:1, «Qizilqum» – «Nasaf» 3:1. Jamoalar so‘nggi o‘zaro uchrashuvni 2021 yili 10 aprel kuni Navoiyda o‘tkazgan. «Ajdarlar» mehmonda 1:2 hisobida g‘alaba qozonishgan.

E’tiboringizga, jamoalar ishtirokidagi so‘nggi besh o‘yinning natijalarini havola qilamiz:
10.04.2021. Qizilqum – Nasaf 1:2
10.09.2020. Nasaf – Qizilqum 4:0
01.03.2020. Qizilqum — Nasaf 1:3
14.09.2019. Qizilqum — Nasaf 0:0
10.05.2019. Nasaf — Qizilqum 1:1

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Qizilqum"ning "Nasaf"ga ham tayyorlab qo‘ygan "sovg‘asi" bormi?