17:36 / 16.09.2021
1 839

Jaloliddin Masharipov: O‘zbekistonga OCHLni yutib qaytmoqchiman

Jaloliddin Masharipov: O‘zbekistonga OCHLni yutib qaytmoqchiman
Legionerimiz Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan Saudiyaning "Al-Nassr" jamoasi OCHL 1/8 final bosqichida "Traktor"ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi. Futbolchi uchrashuvdan so‘ng Sports.uz saytiga intervyu berdi.

"O‘yin qiyin bo‘lmadi. Bitta bahsdan iborat bo‘lganligi uchun gol o‘tkazib yubormaslikka harakat qildik. Eron jamoalari gol urib olsa, himoyaga yotib olishini yaxshi bilardik. Maqsadimiz, dastlabki daqilalarda hisobni ochish edi. Qolaversa, vaziyatlardan foydalana olmadik, aks xolda, hisob yirikroq bo‘lishi mumkin edi. Bu musobaqada kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q. Har bitta o‘yin finalga teng bo‘ladi.

Ha, "Traktor"ga qarshi bahsda murabbiy meni hujumchi ortida o‘ynashimni aytdi. Ikkinchi bo‘limda yana qanotga o‘tdim. Bunday muhim uchrshuvlarda pozitsiya tanlab o‘tirish kerakmas. Bor kuchingizni ko‘rsatishingiz lozim.

"Al-Nassr" chempion bo‘lish uchun katta imkoniyatga ega. Keyingi bellashuvlarda jarohatdan qaytgan yetakchilarimiz ham qo‘shiladi. O‘zim ham bu musobaqani yutishni juda xohlayman. O‘zbekistonga OCHLni yutib qaytmoqchiman. Klub muxlislarining eng katta xohishi ham shu", - dedi futbolchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jaloliddin Masharipov: O‘zbekistonga OCHLni yutib qaytmoqchiman