22:20 / 16.09.2021
2 033

Hamidjon Aktamov: "Chiroyli o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsak-da, bu esdan chiqadi va tarixda natija qoladi"

Hamidjon Aktamov: "Chiroyli o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsak-da, bu esdan chiqadi va tarixda natija qoladi"
Superliganing 18-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Qizilqum" (2:1) o‘yinidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- O‘yin haqida
- Chiroyli o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsak-da, bu esdan chiqadi va tarixda natija qoladi. Yaxshi o‘ynadik. Birinchi taymda yo‘q joydan, 2 ta standart vaziyatdan gol o‘tkazib yubordik. "Nasaf" jamoasiga 22 sentabr kungi o‘yinda omad tilayman. Jamoaning kelajagi bor. Hali ular yaxshi natija ko‘rsatadi. O‘zimiz ham kamchiliklarimiz ustida ishlab, kerakli ochkolarni yig‘ishga harakat qilamiz.

- Jamoaning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi nima? Chempionlikmi yoki sovrinli o‘rinlar uchun kurashishmi?
- Menimcha, endi chempion "Paxtakor" ekanligi aniq bo‘lib ulgurdi.

- Vatsadze 35 daqiqa harakat qildi. Uning o‘rniga Jamshid Hasanovni maydonga tushirdingiz. Keyin o‘z navbatida, Hasanov yana almashtirildi. O‘yinidan qoniqmadingizmi?
- Endi bu bizni ishimizda, nima ham deyman? Taktik o‘zgarishlarni amalga oshirdik. Vatsadzega e’tirozimiz yo‘q. O‘zgarishlar o‘z samarasini berdi, o‘yinimiz o‘zgarib, gol urdik.

- "Qizilqum"ning ikkinchi davradagi natijalari qoniqarsiz. Bunga nima sabab bo‘lmoqda?
- Sababi ko‘p futbolchilarimiz kasal bo‘lib qolishdi. Bir oy ichida davolanib chiqishdi va bir oyda qayta kasallanganlar ham bo‘ldi. Sog‘liq muhim, shu boisdan ko‘p narsa talab qilolmaymiz. Bundan keyin yaxshi o‘yin ko‘rsatishga intilamiz.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hamidjon Aktamov: "Chiroyli o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsak-da, bu esdan chiqadi va tarixda natija qoladi"