13:23 / 17.09.2021
2 853

Ulug‘bek Baqoyev "iflos futbol" haqida: "Atletiko" 10 yildan buyon shunday o‘ynamoqda. Asosiysi natija..."

Ulug‘bek Baqoyev "iflos futbol" haqida: "Atletiko" 10 yildan buyon shunday o‘ynamoqda. Asosiysi natija..."
Superliganing 18-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Bunyodkor" (0:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirdi.

"To‘g‘risini aytganda bizning o‘yinimiz yaxshi taassurot qoldirmadi. "Bunyodkor" bizdan yaxshiroq o‘ynadi. Balki ruhiy holat bilan bog‘liqdir. Durang ham natija. Barcha jamoalar ochkolar uchun kurashishmoqda. Keyingi bahslarga tayyorgarlik ko‘ramiz. "Bunyodkor"ga keyingi o‘yinlarda omad tilayman", - deydi Ulug‘bek Baqoyev.

- Bugun VAR ishlamaganiga munosabatingiz...
- Bu menga beriladigan savol emas, menimcha texnik muammolar sabab shunday bo‘ldi. Agar bugun VAR ishlaganida balki biz yutarmidik.

- Championat.asia saytida chiqqan "Iflos futbol" nomli maqolani o‘qigan bo‘lsangiz kerak...
- Bu hurmatli jurnalist ikkita statistikani keltirgan. Futbolda juda 10dan ko‘p statistika bor. Nega u boshqa statistikalarga qaramaydi. Darvozalarga zarbalar, individual harakatlar, to‘pni olib qo‘yish va boshqalarga e’tibor qilinglar. "Atletiko" 10 yildan buyon shunday o‘ynamoqda va YECHL finallariga chiqmoqda, Ispaniya chempioni bo‘lmoqda. Asosiysi natija, jamoa qanday bunga erishadi bu bizning muammo. Kimdir boshqa futbol o‘ynaydi, kimdir kurashlarga boy futbol o‘ynaydi. Angliya yoki boshqa chempionatlarga qaranglar. Bu jurnalistga hech qanday e’tirozim yo‘q, balki u shunday o‘ylar, lekin men bunday o‘ylamayman, masalan. Mavsum oxirida ko‘ramiz, u haqmi yoki nohaqmi.

- Srechko Katanetsga "So‘g‘diyona"dan qaysi futbolchilarni tavsiya qilgan bo‘lardingiz?
- Yo‘q, har bir murabbiyning o‘z qarashi bor. Katanetsda vaqt bor va o‘zi maydonda ko‘rib tanlaydi. Qaysidir futbolchimizni tavsiya qila olmayman.

- Bugun "So‘g‘diyona" bir ochko qo‘lga kiritdimi yoki ikki ochko yo‘qotdimi?
- Agar o‘yinga ob’ektiv qarasak bugun bir ochko qo‘lga kiritdik. "Bunyodkor" ayni paytda yaxshi formada va bu jamoa bilan durang yaxshi natija.

- Qulmatovning birinchi taymda almashtirilishi nima bilan bog‘liq?
- Sardor Qulmatov jarohat oldi, ikkinchi taymda Jasur Hakimov ham jarohat olib maydonni tark etdi.

- Jasur Hasanov 90 daqiqa o‘ynayotgani jismoniy holati yaxshiligidanmi yoki uning o‘rniga boshqa futbolchi yo‘qligidanmi?
- Nimaga, Hasanov o‘zining yoshiga qaramay yaxshi o‘ynamoqda va asosiy tarkibga munosib ekanligi uchun o‘ynamoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Baqoyev "iflos futbol" haqida: "Atletiko" 10 yildan buyon shunday o‘ynamoqda. Asosiysi natija..."