1 904
Futzal. Guruhimizdagi yakuniy vaziyat qanday va nimchorak finalda qaysi terma jamoaga qarshi o‘ynaydi?
Bir necha soniyalar oldin O‘zbekiston futzal terma jamoasi Misr ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, pley-off bosqichiga yo‘l oldi.
Shuningdek, guruhdagi ikkinchi bellashuvda Rossiya Gvatemala ustidan 4:1 hisobi bilan ustun kelib, o‘zi uchun 100 foizlik natijani ta’minladi va bizga yordam berib yubordi. Quyida guruhimizdagi yakuniy vaziyat bilan tanishib olishingiz mumkin:
“B” guruhida 2-o‘rinni egallagan terma jamoamiz 1/8 final bosqichida “F” guruhining 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Bu guruh g‘olibligi Argentina va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda hal bo‘ladi. Mag‘lub jamoa nimchorak finalda O‘zbekiston terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Hozirda har ikkala terma jamoa hisobida ham 6 tadan ochko mavjud. Ammo to‘plar nisbati Argentinada nisbatan yaxshiroq. Shu sababli ushbu o‘yinda durang qayd etilgan taqdirda ham, argentinaliklar guruh peshqadamligini saqlab qolishadi.
Terma jamoamizning 1/8 final bosqichidagi o‘yini 24 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.
"F" guruhida 3-tur taqvimi
20.09.2021
22:00. AQSH - Serbiya
22:00. Eron - Argentina
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring