Futzal bo‘yicha Jahon chempionati guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Misr – O‘zbekiston uchrashuvi yakunlandi. Mazkur bahsda terma jamoamiz 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Uchrashuvdan so‘ng termamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Yigitlarimiz ikkita bellashuvda juda ham chiroyli o‘yin namoyish etdi. Lekin bugun undan ham yaxshiroq o‘yin ko‘rsatib, o‘zlarining nimaga qodir ekanligini isbotlab qo‘ydi. Bundan juda ham hursandman.
Bugun to‘p nazorati biz tomonda bo‘ldi. Qolaversa, himoyada yaxshi o‘ynadik. Shuningdek, gol o‘tkazib yuborgan vaziyatimizda o‘zimiz xato qildik. Kuchli tomonlarimiz bizga qo‘l keldi. Juda yaxshi o‘yin namoyish eta olmagan bo‘lsak ham, natijaga erishdik", - dedi murabbiy. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?