12:30 / 19.09.2021
962

"Bellator 266" turnirining markaziy jangida sobiq UFC vakillari to‘qnash keldi. Natijalar bilan tanishing

"Bellator 266" turnirining markaziy jangida sobiq UFC vakillari to‘qnash keldi. Natijalar bilan tanishing
Bugun tongda AQSHning Kaliforniya shtati San-Xose shahri "Bellator 266" turniriga mezbonlik qildi. Mazkur kechaning markaziy jangida o‘rta vazn toifasidagi sobiq UFC vakillari Fil Devis hamda Yol Romerolar oktagonga ko‘tarildi.

Ushbu qarama-qarshilikda Devis ochkolar hisobida (30-27, 28-29, 30-26) g‘alabani qo‘lga kiritdi. Asosiy karddan o‘rin olgan to‘qnashuvlarda Neyman Greysi 1-raundning o‘zida Mark Lemmingerni texnik nokautga uchratgan bo‘lsa, Deanna Bennett Alexandra Larani ochkolarga ko‘ra (30-27, 30-26, 30-26) mag‘lub etdi. Shuningdek, Sol Rojers ham Georgiy Karaxanyan ustidan 30-27, 30-26, 30-26 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, Ben Perrish 1-raundda Kristian Edvardsni nokautga uchratdi. rossiyalik Xolid Murtazaliyev AQSH vakili Entoni Adamsga to‘liq davom etgan jangda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Prelim karddan o‘rin olgan to‘qnashuvlarda esa quyidagi natijalar qayd etildi.
Entoni Adams (AQSH) - Xolid Murtozaliyev (Rossiya) - Adams ochkolar hisobida g‘alaba qozondi.
Aleks Polissi (AQSH) - Grant Nil(AQSH) - Polissi ochkolarga ko‘ra, g‘olib chiqdi.
Robert Seronio (AQSH) - Sokrates Xernandes (AQSH) - Seronio ochkolar hisobida g‘alabaga erishdi.
Abraxam Vaesau(AQSH) - Albayert Gonsales (AQSH) - Vaesau 1-raundda nokaut bilan zafar quchdi.
Shon Kif (AQSH) - Ralan Greysi (Braziliya) - Kif ochkolarga ko‘ra g‘olib chiqdi.
Edvin De Los Santos (Braziliya) - Jonatan Adams (AQSH) - Santos 1-raundda texnik nokaut bilan g‘alabaga erishdi.
Jessi Delgado (AQSH) - Joshua Dillon (AQSH) - Delgado ochkolar hsiobida g‘olib chiqdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » "Bellator 266" turnirining markaziy jangida sobiq UFC vakillari to‘qnash keldi. Natijalar bilan tanishing
[/banner_pushhouse