18:00 / 19.09.2021
1 992

O‘FA rahbariyati futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasiga tabrik yo‘lladi

O‘FA rahbariyati futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasiga tabrik yo‘lladi
Litvada futzal bo‘yicha jahon chempionati bahslari o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi oxirgi turdagi birgina g‘alaba evaziga ilk bor zafar quchdi va birinchi marta pley-offga yo‘l oldi. Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng O‘FA rahbariyati futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasiga tabrik yo‘lladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

- Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoamiz tarixiy natija qayd etdi. FIFA tomonidan o‘tkazilayotgan jahon chempionatlaridagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Ushbu g‘alaba esa guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan holda mundialning nimchorak finaliga yo‘llanma qo‘lga kiritishimizga sabab bo‘ldi. Barcha futzalchilarimiz, murabbiylar shtabi, delegatsiya rahbari, tibbiy shtab, menejer, administrator va media mutaxassislari, shuningdek, jamoamizni Litvada qo‘llab-quvvatlayotgan hamda ekran orqali muxlislik qilayotgan barcha ishqibozlarni ushbu g‘alaba bilan O‘FA nomidan, qolaversa, butun futbol jamoatchiligi nomidan tabriklaymiz!

O‘zbek futboli va futzali uchun bu juda katta g‘alaba. Chunki jamoaviy sport turlarida ham eng yuqori darajadagi turnirlarda yuqori natijalar qayd eta olishimizga ishonch ortdi. Eng muhimi, jamoalarimiz g‘alabasini sog‘inib yashaydigan muxlislarimizga bayram kayfiyati taqdim etildi. Futzal terma jamoamiz katta yo‘lni bosib o‘tdi, eng kuchlilar bilan raqobatlashdi, Ispaniya va Portugaliyada o‘tkazilgan yig‘inlarda tajriba to‘plab, tayyorgarlikni yuqori darajaga olib chiqdi. Albatta, biz keyingi bosqichda ham jamoamizga ishonamiz va omad tilaymiz! - deyilgan tabrikda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FA rahbariyati futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasiga tabrik yo‘lladi