23:33 / 19.09.2021
2 676

Ixtiyor Ropiyev: “Argentina va Eron borasida ma’lumotlarimiz bor”

Ixtiyor Ropiyev: “Argentina va Eron borasida ma’lumotlarimiz bor”
O‘zbekiston futzal terma jamoasi kecha jahon chempionati guruh bosqichida Misrni mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.
Ushbu uchrashuvdan so‘ng terma jamoamizning yetakchilaridan biri Ixtiyor Ropiyev fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Avvalgi ikki uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan so‘ng oxirgi o‘yinda g‘alaba qozonmasak bo‘lmasdi. Misr bilan qiyin o‘yin bo‘ldi. Bizda ham, ularda ham imkoniyat yuzaga keldi. Faqatgina, g‘alaba orqali keyingi bosqichga chiqish mumkinligini tufayli oxirigacha kurashdik. Vatanimiz va xalqimiz uchun ham bizda orqaga yo‘l yo‘q edi. G‘alaba uchun ishtiyoq bilan kurashib, yakunda g‘alaba qozondik", - dedi Ropiyev.

- Ilgari Misrga qarshi o‘ynab, yirik g‘alaba qo‘lga kiritilgan. Bu galgi o‘yin avvalgisidan farq qildimi?
- Ha, albatta. O‘tgan gal kichik xalqaro musobaqada to‘qnash kelgandik. Hozir jahon chempionatida to‘p tepmoqdamiz. Shu jihatidan o‘yinga bo‘lgan ma’suliyat boshqacha edi. Misr ham o‘yin davomida bizga yetarlicha qarshilik ko‘rsatdi. Bosim uyushtirib, g‘alabani qo‘lga kiritish niyatida ekanligini yashirib o‘tirmadi.

- Sizningcha, terma jamoamiz keyingi o‘yinda kim bilan o‘ynagani ma’qul?
- Raqib tanlamaymiz. Kim bo‘lsa ham, maqsadimiz – g‘alaba qozonish. Argentina yoki Eronga qarshi o‘ynaganmiz. Ikkisi borasida ham bizda ma’lumotlar bor. Menga qolsa, Eron bilan to‘qnash kelsak, yaxshi bo‘lardi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ixtiyor Ropiyev: “Argentina va Eron borasida ma’lumotlarimiz bor”