14:12 / 20.09.2021
1 767

Futbol o‘yinlarida tomoshabinlar tashrifiga ruxsat berildi

Futbol o‘yinlarida tomoshabinlar tashrifiga ruxsat berildi
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2021 yil 20 sentabrdan boshlab mamlakatda tomosha, madaniy-ko‘ngilochar (teatr, kinoteatr, konsert zallari), ommaviy tadbirlar va yig‘ilishlarni ochiq maydonlar hamda yopiq majmualarda o‘tkazishga ruxsat berildi.

Futbol uchrashuvlarida tomoshabinlar tashrifiga ham ruxsat berilgan. Buni PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev tasdiqladi. Shu bilan birga maxsus komissiya tomonidan qator cheklovlar o‘rnatilgan va tavsiyalar berilgan.

Madaniy-ko‘ngilochar, ommaviy tadbirlar va yig‘ilishlarni o‘tkazishda quyidagi karantin cheklovlariga rioya etish talab qilinadi:

- madaniy-ko‘ngilochar ob’ektlar (teatr, kinoteatr, konsert zallari) ishchi va xodimlari hamda ommaviy tadbirlar tashkilotchilari va xizmat ko‘rsatuvchilari bo‘lgan shaxslar (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lgan xodimlari bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaksinaning (turidan qat’i nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlangani to‘g‘risidagi QR-kodli sertifikati mavjud bo‘lishi lozim;
madaniy-ko‘ngilochar (teatr, kinoteatr, konsert zallari faoliyati) va ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda tashrif buyuruvchilar:
- tibbiy niqobda bo‘lish;
- antiseptik vositalardan foydalanish;
- kirish joylarida tana haroratini o‘lchash kabi muhim sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etishlari shart.

Shu bilan birga madaniy-ko‘ngilochar (teatr, kinoteatr, konsert zallari faoliyati) va ommaviy tadbirlarni o‘tkazish ob’ektlariga faqatgina koronavirusga qarshi vaksina bilan emlangani to‘g‘risidagi QR-kodli sertifikati mavjud bo‘lgan tashrif buyuruvchilarni kiritilishi (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatmalar) bo‘lgan fuqarolar bundan mustasno) tavsiya etildi.

Eslatib o‘tamiz, 5 iyul kuni maxsus komissiya qarori bilan O‘zbekistonda barcha turdagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazish to‘xtatilgan, sport turlari bo‘yicha musobaqalar esa muxlislarsiz o‘yingohlarda o‘tkazilishi belgilangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futbol o‘yinlarida tomoshabinlar tashrifiga ruxsat berildi