22:01 / 20.09.2021
2 380

Igor Shkvirin: Tarkibimizda Ronaldu singari futbolchilar yo‘q!

Igor Shkvirin: Tarkibimizda Ronaldu singari futbolchilar yo‘q!
Superliganing 19-turidan o‘rin olgan “Turon” – “Navbahor” (0:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Igor Shkvirin o‘zining o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Birinchidan, "Navbahor"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Ikkinchidan, bugun yigitlarimiz munosib o‘yin ko‘rsatishdi. Kurasha olishlari mumkinligini, futbol o‘ynay olishlarini ko‘rsatishdi. Ularga e’tirozim yo‘q. Muxlislarimizga ham rahmat aytaman, ular bugun jamoamizni yaxshi qo‘llab-quvvatlashdi, shunday futbolni sog‘inib qolishgani ko‘rindi. So‘nggi daqiqalarga muxlislik qilib, qayg‘urishgani uchun rahmat. Bugun mag‘lubiyatga loyiq emasdik. Bugungi o‘yinimiz bilan yutqazishga munosib emasdik, ochko olishimiz shart edi.

Bahsli vaziyatlar haqida gapirmayman, Reglamentda qandaydir e’tiroz bildirishimiz taqiqlangan. Chindan ham o‘yinimizni kuchaytiryapmiz, lekin omadimiz kelmayapti. To‘g‘ri, omad ham kuchlilarga kulib boqadi, deyishadi. Omad kelmayotgani nimaga bog‘liqligini bilmayman, bu borada nimadir deyolmayman. Uchinchi o‘yindirki gol urolmayotganimiz ham xavotirli. Vaziyatlar bor, lekin tarkibimizda yagona vaziyatdan foydalanadigan, deylik, Ronaldu singari futbolchilar yo‘q. Shunday ekan, ishlashda davom etamiz. VAR yo‘qligi haqida ham biror nima deyolmayman. Bizga VAR kerak emas demaganmiz. Insoniylik faktori degan narsalar ham bor, ehtimol shu narsa bugun o‘z so‘zini aytgandir. Umuman, avval bu tizim ishlatilgan o‘yinlarni yodga oladigan bo‘lsak, VAR borasida ham e’tirozlar yetarlicha bo‘lyapti.

Kimning asosiy tarkibga kirishini men hal qilaman. O‘ziga yarasha sababi borki, Akmal Ortiqovning o‘rniga boshqa darvozabon maydonga tushdi. Chunki biz shuni ma’qul ko‘rdik.

Hozir bizning hujumimizda kim o‘ynayotganiga qaraylik. Toshpo‘latov "So‘g‘diyona"da tez-tez gol urib turardi. Uni maydonga tushirdik, o‘yini qovushmayapti. O‘rniga Kim Boyongni tushirdik, u ham gol urolmayapti. Humoyun ham orqaroqdan hujumga qo‘shiladigan. Nominal hujumchi yetishmayapti bizga. Sof hujumchilardan Jasur Hakimov bor edi, lekin uning harakatlari menga ma’qul kelmadi va uning jamoadan ketishiga qarshilik qilmadim. Agar bugun Hakimov maydonga tushganda bizga yordam berardi deyolmayman.

Mavsumlar oralig‘ida sof hujumchi sifatida o‘ynaydigan legionerlarni olib kelish imkoniyati bor edi, seleksiya ham olib bordik. Lekin ayrim sabablar, deylik moliyaviy sabablarga ko‘ra ular bilan kelisha olmadik. Ehtimol, rahbariyat u so‘ragan summani berardir, lekin shunga yarasha natija ham bo‘lishi kerak. Durustroq legionerni tanlab olish uchun bir oy kamlik qiladi. Boshqa tuzukroq futbolchilarning amalda shartnomalari bo‘lgan, ularni tarkibga jalb etish uchun esa pul berib, shartnomasini bekor qildirish kerak bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Igor Shkvirin: Tarkibimizda Ronaldu singari futbolchilar yo‘q!