23:15 / 21.09.2021
2 327

"Surxon" klubida yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha O‘FA bayonot berdi

"Surxon" klubida yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha O‘FA bayonot berdi
“Surxon” futbol klubi vakillari va uning sobiq futbolchilari o‘rtasida vujudga kelgan vaziyat bo‘yicha O‘FA o‘z bayonotini taqdim qildi.
"Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxon” futbol klubining ma’muriy boshqaruv ofisiga futbol klubining sobiq futbolchilari Javohir Esonqulov va Akrom Xo‘jayev tashrif buyurgani, klub ofisida klubning ayrim xodimlari va mazkur futbolchilar o‘rtasida vujudga kelgan nizoli vaziyat bilan bog‘liq ma’lumotlar tarqaldi.

Ushbu vaziyat bo‘yicha bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati va mas’ul mutaxassislari ishtirokida maxsus yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bu kabi salbiy holatlarni keskin qoralaydi. Mazkur shaxslarning mas’uliyatsizligi va etika normalariga rioya qilmasligi o‘zbek futboli imidjiga putur yetkazmoqda.

Ayni vaqtda ushbu holat tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, holat yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi ham tayinlangan.

Mazkur holatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aniqlik kiritilguniga qadar O‘FA tomonidan “Surxon” futbol klubi bosh direktori Azamat Abduraxmonov, sport direktori Abdumajid Toirov, futbolchilar Asror G‘ofurov, Javohir Esonqulov va Akrom Xodjayev futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlashtirildi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi barcha futbol klublari rahbariyatiga o‘z jamoalarida qat’iy intizomni saqlashni va har qanday vaziyatda ham etika normalariga rioya qilishni tavsiya etadi", - deyiladi tashkilot bayonotida.

Manba: ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Surxon" klubida yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha O‘FA bayonot berdi