23:00 / 22.09.2021
1 783

Ro‘ziqul Berdiyev bugungi g‘alabani muxlislar va yana kimga bag‘ishlagani haqida gapirdi

Ro‘ziqul Berdiyev bugungi g‘alabani muxlislar va yana kimga bag‘ishlagani haqida gapirdi
OFK Kubogi-2021 hududlararo yarim finalidan o‘rin olgan “Nasaf” - “Moxun Bagan” uchrashuvida qarshiliklar 6:0 hisobida zafar quchishdi.
Dastlab hindistonliklar o‘z darvozalarini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Keyin Husayin Norchayev xet-trik qayd etdi. Birinchi bo‘lim oxirida Oybek Bozorov bitta gol urdi.

Tanaffusdan so‘ng Doniyor Narzullayev bir bor darvozani ishg‘ol qildi. Natijada "ajdarlar" 6:0 hisobidagi g‘alaba bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi. Uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev ishtirok etdi.

- Barcha yurtdoshlarimizni g‘alaba bilan tabriklaymiz. Stadionga kelgan muxlislar bizga katta kuch bag‘ishladi. G‘alabada ruhiy tayyorgarlik juda muhim. O‘zaro o‘yin o‘tkazmagunga qadar nimadir deyish qiyin. Lekin mana maydonga tushib, zafar quchdik.

Penalti tepish bo‘yicha qaysidir futbolchiga ko‘rsatma bermaganmiz. Futbolchilar o‘zaro kelishib olishdi va Oybek Bozorov penaltini amalga oshirdi.

Kaluderovichning kelishi raqobatni kuchaytiradi. Husayin Norchayev ham yaxshi o‘ynamoqda. Legioner keldi deb, Norchayevni zaxiraga o‘tkazib qo‘yib bo‘lmaydi. Sog‘lom raqobatni borligi yaxshi.

“Nasaf” OFK kubogida ko‘proq qarshilikka uchrayaptimi yoki Superligada? Ichki chempionatda. Chunki Superligamizda raqobat ancha kuchli. Ko‘pchilik chempionatimizning saviyasi tushib ketgani borasida gapirmoqda. Lekin oxirgi natijalarni qarasangiz chempionatimiz saviyasi ancha kuchli. Shuning uchun biz Superligada qiyinchilikka uchramoqdamiz.

Bugungi g‘alabani muxlislarga bag‘ishlaymiz. Qolaversa, bugun eng yaqin nabiramning tug‘ilgan kuni va ushbu g‘alabani unga ham bag‘ishlayman
, - dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev bugungi g‘alabani muxlislar va yana kimga bag‘ishlagani haqida gapirdi
[/banner_pushhouse