“Roma” A Seriyaning beshinchi turida o‘z maydonida “Udineze”ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu g‘alaba Joze Mourinoni yana bir rekordga yaqinlashtirdi. Portugaliyalik mutaxassis futbol uch ochkoli tizimga o‘tgan sana – 1994-1995 yilgi mavsumdan beri Italiyadagi uy uchrashuvlarida 41 ta uchrashuvdan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.
Mourino bu ko‘rsatkich bo‘yicha italiyalik murabbiy Massimiliano Allegriga yetib oldi va “Olimpiko”da bo‘ladigan navbatdagi bahsda ijobiy natija qayd esa, mutlaq rekordchiga aylanadi.
Allegri “Yuventus”ni boshqargan davrda turinliklar 2015-2017 yillar davomida o‘z maydonida qatorisiga 41 ta uchrashuvda mag‘lubiyat nimaligini bilmagan.
Joze Mourinoning bu seriyasi 2008-2010 yillarda “Inter”ni boshqargan davrdan boshlangan. “Roma” navbatdagi uy uchrashuvini 3 oktabr kuni “Empoli”ga qarshi o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi