22:15 / 24.09.2021
1 680

Dilshod Rahmatov: "Eron xatolarni kechirmaydi"

Dilshod Rahmatov: "Eron xatolarni kechirmaydi"
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Dilshod Rahmatov Eronga qarshi uchrashuv haqida fikr bildirdi.
"Juda og‘ir o‘yin bo‘ldi. Biz xalqimizni, tashrif buyurgan muxlislarimizni xursand qilmoqchi edik. Bor kuchimiz bilan harakat qildik. O‘ylaymani, bu jahon chempionatidagi so‘nggi o‘yinimiz emas. Xudo xohlasa, keyingi mundialda bundan-da yaxshi natija ko‘rsatishga harakat qilamiz.

Jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman, muhit ajoyib edi. Muxlislarga ham rahmat. Bizni maydonda, teleekran qarshisida qo‘llab-quvvatlagan xalqimizga, bizni duo qilgan barchaga rahmat deb qolaman. O‘yin og‘ir bo‘ldi, himoyada ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik, Eron bunday xatolarni kechirmaydi, shu qatorida, biz ham raqiblarimiz xatolaridan maksimal foydalanishga harakat qildik. Eronliklarga keyingi o‘yinlarda omad tilab qolaman
", — deydi o‘zbekistonlik futzalchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dilshod Rahmatov: "Eron xatolarni kechirmaydi"