17:37 / 25.09.2021
2 139

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga prezident saylandi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga prezident saylandi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining (O‘FA) navbatdagi Hisobot-saylov Kongressi 25 sentabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilot prezidentligiga Abdusalom Azizov qayta saylandi.

O‘FA birinchi vitse-prezidentiligiga esa avvaldan ushbu lavozimda ishlab kelayotgan Ravshan Ermatov saylandi. Qayd etish kerak, O‘FA prezidenti va vitse-prezidenti lavozimlariga Azizov va Ermatovdan boshqa da’vogar yo‘q edi.

Bundan tashqari, tashkilot vitse-prezidenti ikki lavozimi uchun saylov bo‘lib o‘tishi belgilangandi. O‘FA vitse prezidenti lavozimiga olti nafar nomzoddan besh nafari o‘z nomzodini qaytib olgan. Faqatgina bir nomzod — Azizbek Ikromov qolgan. Uning nomzodini barcha bir ovozdan ma’qulladi va Ikromov O‘FA vitse-prezidenti etib saylandi. Yana bir vitse-prezident keyinchalik saylanishi aytildi.

Ma’lumot uchun, Abdusalom Azizov ayni damda Davlat xavfsizlik xizmati raisi ham hisoblanadi. U 2008—2009 yillarda O‘zbekiston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti bo‘lgan. Bundan tashqari, Azizov O‘zbekiston ichki ishlar vaziri, Mudofaa vaziri lavozimlarida faoliyat yuritgan. U 2019 yildan beri O‘FAga rahbarlik qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga prezident saylandi