20:52 / 25.09.2021
1 692

Superliga. "Paxtakor" o‘z maydonida "Turon"ni mag‘lub etdi

Superliga. "Paxtakor" o‘z maydonida "Turon"ni mag‘lub etdi
Foto: championat.asia
Superliga 20-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Turon" o‘yini yakuniga yetdi. Uchrashuvda "sherlar" raqibidan 3:1 ustun keldi.

Bahsning 26-daqiqasida Dragan Cheran hisobni ochdi. 49-daqiqada Kasminin muvozanatni tikladi. Ko‘p o‘tmay "sherlar" futbolchisi Temirov o‘z jamoasini yana oldinga olib chiqdi. 90-daqiqaga qo‘shilgan vaqt o‘tib borayotgan bir paytda Hojimat Erkinov gol urdi va boshqa hisob o‘zgarmadi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng sherlar hisobidagi ochkolar soni 51 taga yetdi va ular karvonboshilik qilishda davom etmoqda. Shuningdek, "Turon" 12 ochko bilan so‘nggi pog‘onadan joy olgan.

"Paxtakor" – "Turon" - 3:1
Gollar
: Dragan Cheran 26, - 1:0 (Sharof Muhitdinov). Vladislav Kasminin 50, - 1:1 (Bilolxon Toshmirzayev). Sherzod Temirov 61, - 2:1 (Dostonbek Hamdamov). Hojimat Erkinov 90+2, - 3:1 (Dostonbek Hamdamov).

"Paxtakor": 25.Eldorbek Suyunov, 3.Xojiakbar Alijonov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Aziz Turg‘unboyev (18.Hojimat Erkinov, 79), 9.Sherzod Temirov, 10.Dragan Cheran, 17.Doston Hamdamov (28.Diyor Xolmatov, 90+4), 19.Sharof Muhitdinov (14.Humoyunmirzo Iminov, 90+4), 23.Sherzod A’zamov, 34.Farruh Sayfiyev.
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 11.Boyan Matich 16.Marlen Chobanov, 42.Abbos Fayzullayev, 88.Shahzod Azmiddinov,
"Turon": 1.Nizomiddin Ziyovutdinov 3.Davron Umirov (43.Kim Boyong, 46) (8.Sunnatillo Ermatov, 76), 4.Asliddin Toshtemirov, 6.Sardor Abduraimov, 9.Humoyun Murtozayev, 10.Ixtiyor Toshpo‘latov (23.Otabek Zokirov, 76), 19.Vladislav Kasminin, 22.Abdulazizxon Abdurashidov, 30.Sinisha Babich (7.Sunnatillo Abdullajonov, 76), 55.Dayan Ponevich, 77.Bilolxon Toshmirzayev.
Zaxira: 87.Akmal Ortiqov, 5.G‘iyos Komilov, 14.Doniyor Ismoilov, 20.Firdavs Chakalov, Ismoiljon Ohunjonov.
Ogohlantirishlar: Asliddin Toshtemirov 3, Sherzod Temirov 61, Dragan Cheran 65, Azizbek Turg‘unboyev 73, Anzur Ismoilov 75, Sunnatillo Ermatov 84.
Chetlatish: Sunnatilla Ermatov 2SK (o‘yin tugagach)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Paxtakor" o‘z maydonida "Turon"ni mag‘lub etdi