12:15 / 26.09.2021
3 383

Shomurodov jangovar xarakteri bilan uzoqqa boradi!

Shomurodov jangovar xarakteri bilan uzoqqa boradi!
Italiya futboli bilan yaxshi tanish bo‘lgan futbol menejeri Aleks Velikix Rossiya nashrlariga bergan intervyusida Rossiya chempionatidan A Seriyaga ko‘chib o‘tgan Aleksey Miranchuk, Aleksandr Kokorin va Eldor Shomurodov faoliyatiga baho berdi.

Hozircha, rossiyalik futbolchilar ikkinchi mavsumda ham “Atalanta” va “ Fiorentina”da o‘z o‘rnini topishga intilayotgan bo‘lsa, o‘tgan chempionatda “Jenoa”dagi muvaffaqiyatli o‘yinlari tufayli kuchliroq klubga yo‘l olgan Shomurodov yuqori maqsadlar uchun kurashayotgan “Roma”da o‘zining yangi qirralarini namoyon qilmoqda.

- Kokorinning “Inter”ga qarshi muvaffaqiyatsiz o‘yini uning “Fiorentina”dagi mavqeiga qanday ta’sir qiladi?
- Bu uchrashuvda uning statistikasini baholash qiyin. Biror marta to‘pga tegmadi, yakkakurashni boy berdi. Bu holat uni “Fiorentina” boshlang‘ich tarkibiga yaqinlashtirmaydi. Agar Kokorin o‘zi o‘ynagan vaqt ichida bir marta bo‘lsa ham darvozaga zarba berganida yoki raqibni bir marotaba aldab o‘tganida boshqa gap edi.

Bosh murabbiy Vinchenso Italyano Kokorinning transferini oqlash maqsadida uni o‘z taktik sxemalariga moslashtirishga urinyapti. Lekin “Fiorentina”da asosiy hujumchi Vlaxovich hisoblanadi, qolgan uning o‘rnini bosishga yoki raqobat qilib ko‘rishga harakat qilishi mumkin xolos. Bir tomondan Kokorin yordamchi hujumchi bo‘lishga rozidek va asosiy tarkibga da’vogarlik qilmayotgandek ko‘rinmoqda.

- Avgust oyi oxirida “Milan” Miranchukka qiziqqani aytilgandi. Bu transfer qanchalar haqiqatga yaqin edi?
- Bunga yuz foiz amin emasman, lekin “Milan” unga qiziqqan bo‘lishi mumkin, deyishim mumkin. Ular Chalxano‘g‘lining o‘rniga futbolchi qarayotgan edi. Vlashich va Malinovskiy nomzodini o‘rganishdi. Balki shu jarayonda Miranchukka ham e’tibor qilishgandir. Ular ko‘proq ukrainalik futbolchiga qiziqdi.

Miranchuk kamida yana bir mavsum “Atalanta”da qoldi. Hozir unda Italiyaga bejizga kelmaganini va A Seriyada o‘ynashga loyiq ekanini isbotlash uchun imkon bor. To‘g‘risi, “Atalanta” singari hamma narsa murabbiyga bog‘liq bo‘lgan jamoada buni amalga oshirish qiyin. “Milan”da o‘z salohiyatini namoyon qilish osonroq bo‘lardi. Chunki Milanda futbol boshqacha, taktik talablar ham o‘zgacha.

Gasperini o‘z futbolchilaridan to‘pni yo‘qotishi bilan pressingga o‘tishini talab qiladi. Bu Miranchukning kuchli tomoni emas. “Milan”da Miranchukning ustun tomonlari – kreativ harakatlar bilan hujumni kuchaytirish va forvardlarni o‘tkir pas bilan ta’minlashidan foydalanishlari mumkin edi. Aleksey buni zo‘r uddalaydi. O‘ylashimcha, u o‘tgan yozda “Milan”ning asosiy nishoni bo‘lmagan.

- “Roma” Eldor Shomurodov uchun "Jenoa"ga 17,5 million yevro to‘ladi. Eldor bu sarmoyani oqlayaptimi?
- Albatta. Hali u yana o‘sadi. Lekin Shomurodov “Roma”ning asosiy transferi bo‘lmadi. “Chelsi”dan Abraxamning taklif etilishi nufuzliroq xarid hisoblanadi. Eldor esa, ham birinchi, ham ikkinchi hujumchi vazifasini bajara oladigan forvard. Eng muhim u zaxiradan maydonga tushib, ijobiy natija ko‘rsata oladi va Abraxamning o‘rniga o‘ynashi mumkin.

Shomurodovning “Roma”ga o‘tgani o‘zi uchun katta qadam bo‘lgani shubhasiz. U ishga professional yondashuvi va jangovar xarakteri tufayli yuqori darajaga loyiq futbolchi ekanini isbotlashi turgan gap.

Darhaqiqat, Miranchuk “Atalanta” safida beshta uchrashuv o‘tkazib, bitta golli pas berdi. Kokorin esa, ikki marta maydonga tushib, jami 15 daqiqa o‘ynadi xolos. Eldor Shomurodov esa “Roma” safida sakkizta rasmiy uchrashuvda bitta gol urib, to‘rt marta golli pas oshirdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov jangovar xarakteri bilan uzoqqa boradi!