14:56 / 26.09.2021
1 732

Harbiy bokschilarimiz jahon chempionatini 7ta medal bilan yakunlashdi

Harbiy bokschilarimiz jahon chempionatini 7ta medal bilan yakunlashdi
18-25 sentabr kunlari Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida harbiy bokschilar o‘rtasida navbatdagi jahon chempionati tashkil etildi. Unda dunyoning 36 mamlakatidan 292 nafar harbiy xizmatchi charm qo‘lqop ustalari ishtirok etib, g‘oliblik uchun o‘zaro kurash olib borishdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy bokschilari jahon chempionatini umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallash bilan yakunladilar. Vakillarimiz 7 ta medalni qo‘lga kiritishdi. Shularning 3 tasi oltin!

Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz g‘olib va sovrindor bo‘lishdi:
Oltin medallar:
-60 kg: Shunqor Abdurasulov;
+91 kg: Lazizbek Mullojonov;
-75 kg: Mavluda Mavlonova.

Kumush medal:
-64 kg: Mujibillo Tursunov.

Bronza medallar:
-51 kg: Aziza Yoqubova;
-60 kg: Rayhona Qodirova;
-69 kg: Navbahor Hamidova.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Harbiy bokschilarimiz jahon chempionatini 7ta medal bilan yakunlashdi