22:20 / 26.09.2021
1 324

Hamidjon Aktamov: "Babayanning futbolga qaytishi? Uning ishiga muxlislar baho berishadi"

Hamidjon Aktamov: "Babayanning futbolga qaytishi? Uning ishiga muxlislar baho berishadi"
Coca Cola Superliga 20-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Qizilqum" (0:0) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov qatnashib, o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Avvalambor assalomu alaykum! Shunday yaxshi o‘yin bo‘lishini kutgandik, durang adolatli bo‘ldi deb o‘ylayman. "Navbahor"da ham, bizda ham vaziyatlar bo‘ldi. Kim gol ursa, o‘sha g‘alaba qozonardi. Imkoniyatlar yaratganimizga qaramay, ulardan foydalana olmadik.

- O‘yin boshida hakam tomonidan bir-ikkita xato bo‘lgandi, jahlim chiqdi. Odamman, temir emasman, o‘rnimda boshqa odam bo‘lganda ham shunday bo‘lishi aniq edi. Babayanning futbolga qaytishi haqida? Futbolga mehnati singan mutaxassis. Uning ishiga muxlislar baho berishadi.

- Bugungi o‘yin natijasidan qoniqish hosil qilmadim. Yutishimiz kerak edi. Oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarish uchun oxirigacha kurashamiz, to‘xtash yo‘q
, - fikrlarini yakunladi Hamidjon Aktamov.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Hamidjon Aktamov: "Babayanning futbolga qaytishi? Uning ishiga muxlislar baho berishadi"
[/banner_pushhouse