21:00 / 27.09.2021
4 333

Rim derbisida hujumni kuchaytirgan Shomurodov necha ballga loyiq ko‘rildi?

Rim derbisida hujumni kuchaytirgan Shomurodov necha ballga loyiq ko‘rildi?
A Seriyaning oltinchi turida “Roma” Rim derbisida “Latsio”ga imkoniyatni boy berdi. Italiya nashrlari turning markaziy o‘yinini tahlil qilish barobarida derbida ishtirok etgan futbolchilarning xatti-harakatlarini baholab ham bormoqda.

Italiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan www.calciomercato.com sayti mutaxassislari ham “Roma” o‘yinchilariga baho berdi va berilgan ballarni izohladi. E’tiboringizga ushbu ballar va ularga berilgan izohlarni havola etamiz.

Ruy Patrisiu
5 ball:
Portugaliyalik darvozabonga barqarorlik yetishmadi. Birinchi golni urgan Sergey Milinkovich-Savichga qo‘pollik ishlatgani uchun jazolandi. Ruy Patrisiu qulay pozitsiyada turganiga qaramay, Pedroning zarbasini qaytarishga tashlanishda kech qoldi. Muhim pallada jamoasiga yordam bera olmadi. Ikkinchi bo‘limda ancha ishonchli o‘ynadi.

Rik Karsdorp
5,5 ball:
Bu futbolchi o‘zini osonlikcha raqibga berib yuborgan Pedroga qarshi o‘ynadi. Niderlandiyalik futbolchi o‘z imkoniyati darajasida tajribali ispan hujumchisining yo‘lini to‘sa olgan vaziyatlar ham bo‘ldi. 82-daqiqada o‘rnini Nikola Zalevskiga bo‘shatib berdi.

Janluka Manchini
4 ball:
Milinkovich-Savichning darvozaga zarba berishiga yo‘l qo‘ydi, Pedro uning ustidan ochiqchasiga kulishiga qarshi hech narsa qila olmadi. Manchini derbini boy berdi va endi bu o‘yinni tezroq unutishi kerak.

Rojer Ibanes
6 ball:
Jamoadoshlari unga tushlik olib berishi kerak. Mas’uliyatni bo‘yniga oldi, muhim pallada gol urib, jamoada mag‘lubiyatdan qutilish uchun umid uyg‘otdi.

Matias Vina
4,5 ball:
Raqib uning qanotlaridan hujumini o‘tkaza oldi. Bir vaziyatda jamoani qutqardi. Andersonga qarshilik ko‘rsata olmadi. Tezlik yetishmadi. Zaxiraga olinib, o‘rniga Kris Smolling tushdi.

Jordan Veretu
7 ball:
Nikolo Zanologa aniq pas oshirdi. Uning zarbasi to‘singa tegib qaytdi. Ibanesga ham zo‘r pas berdi. Ikkinchi bo‘limda ham hujumga zo‘r berdi. Penaltidan gol urib, tajribali darvozabon Pepe Reynani ojiz qoldirdi.

Brayan Kristante
5 ball:
Himoyada ko‘p xato qildi, bir necha bor to‘pni yo‘qotdi. O‘ziga ishonmay o‘ynadi.

Nikolo Dzanolo
6,5 ball:
U maydonda muhim paytda “uyg‘onadi”. Yaxshi zarbalar berib, Reynaning qo‘lqopini “yondirdi”. Haqiqiy Dzanoloni ko‘ra boshladik.

Genrix Mxitaryan
5,5 ball:
Lorenso Pellegrinining yo‘qligini bildirmaslik murakkab vazifa. Ishlar yaxshi ketmayotgan pallada ham anchagina ter to‘kdi. Ikkinchi bo‘limda Leyva jazosiz qolgan vaziyatda undan yaxshigina “kaltak yedi” va ajoyib qarshi hujumchi qo‘ldan chiqardi.

Stefan El-Shaaravi
5 ball:
Yakkakurashlarda va darvozaga zarba berish juda oddiy o‘ynadi. Harakatlari derbiga mos bo‘lmadi. O‘rniga Eldor Shomurodov tushirildi.

Eldor Shomurodov
6 ball:
Jismoniy jihatdan kuchini ko‘rsatdi, hujumni jonlantirdi. Pepe Reyna bilan duelda uning darvozasiga ajoyib zarba yo‘lladi.

Temmi Abraxam
5,5 ball:
Uni qulay vaziyatga chiqaradigan to‘p yetib kelmadi. Birinchi bo‘limda Abraxamga umuman to‘p oshirilmadi. A Seriyaning eng zo‘r himoyachilaridan hisoblangan Acherbi unga o‘yin bermadi. Temmidan ko‘p narsa kutilgandi.

Joze Mourino
5 ball:
Yarim soat ichida Mauritsio Sarri uni yengib qo‘ydi. Shundan keyingina “Roma” o‘yinni o‘z tizginiga ola boshladi. Ikkinchi bo‘limda ham ustunlik boy berilgan vaziyatlar kuzatildi. Alamli mag‘lubiyat va Jozega savol tug‘ulishi tabiiy.

Ko‘rinib turibdiki, Mourino shogirdlari orasida derbida eng yuqori bahoni Jordan Veretu, Nikolo Dzanolo, Rojer Ibanes va zaxiradan qo‘shilib o‘yinni kuchaytira olgan Eldor Shomurodov oldi.

Keyingi uchrashuvlarda Joze Mourino legionerimizni boshlang‘ich tarkibda o‘ynashiga umid bildirib qolamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rim derbisida hujumni kuchaytirgan Shomurodov necha ballga loyiq ko‘rildi?