21:10 / 27.09.2021
3 127

Superliga. "Nasaf" Qarshida "Bunyodkor"ga javobsiz 5ta gol urdi

Superliga. "Nasaf" Qarshida "Bunyodkor"ga javobsiz 5ta gol urdi
Superliganing 20-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Qarshidagi markaziy bahsda "Nasaf" "Bunyodkor" ustidan 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bahrom Abdurahimov 9-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Bozorov hamda Nurulloyev bir marotabadan o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘ydi. Husain Norchayev dubl muallifiga aylandi.

Shunday qilib, markaziy bellashuvda g‘alaba qozongan "ajdarlar" ochkolari sonini 33 taga yetkazib oldi. "Bunyodkor" 32 ochko bilan 5-o‘rinda joylashgan.

"Nasaf" – "Bunyodkor" 5:0
Gol
: Bahrom Abdurahimov 9, 1:0, Husayn Norchayev 18, 2:0, Husayn Norchayev 81, 3:0, Oybek Bozorov 87, 4:0, Suhrob Nurulloyev 90, 5:0

"Nasaf": 1. Umidjon Ergashev, 4. Husniddin Aliqulov, 7. Doniyorjon Narzullayev, 8. Dilshod Saitov, 18. Bahrom Abdurahimov, 19. Husayn Norchayev, 22. Akmal Mozgovoy, 34. Sherzod Nasrullayev, 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich, 92. Umarbek Eshmurodov (sardor).
Zaxira: 13. Azamat Soyibov, 6. Murodbek Rahmatov, 15. Jo‘rabek Mannonov, 20. Suhrob Nurilloyev, 28. Sardor Sa’dullayev, 50. Shohmalik Komilov, 70. Abu Bakr Rizo Turdialiyev, 71. Jasur Jumayev, 99. Andrey Kaluderovich.

"Bunyodkor": 71. Sarvar Karimov, 4. Davronjon Ergashev, 6. Avazbek O‘lmasaliyev ( 37. Muhammadodil Qahramonov, 76), 10. Xurshid G‘iyosov (7. Farhod Mirahmatov,76), 13. Lutfulla To‘rayev (8. Sanjar Rashidov, 82) (sardor), 14. Mirjahon Mirahmadov (22. Shahboz Erkinov,34), 17. Odiljon Abdurahmonov, 19. Nurillo To‘xtasinov, 26. Ulug‘bek Abdullayev (34. Suhrob Izzatov,76), 30. Abdulla Abdullayev, 49. Ibrohim Tomiva.
Zaxira: 1. Ravshanbek Yagudin, 3. Dian Talxatov, 21. G‘ayrat Azizxo‘jayev, 33. Umarali Rahmonaliyev.

Ogohlantirishlar: Odiljon Abdurahmonov ("Bunyodkor"), Marko Stanoyevich ("Nasaf"), Lutfulla To‘rayev ("Bunyodkor") , Oybek Bozorov ("Nasaf").

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Nasaf" Qarshida "Bunyodkor"ga javobsiz 5ta gol urdi