21:45 / 27.09.2021
4 504

Pele Messidan kechirim so‘radi

Pele Messidan kechirim so‘radi
Foto: «Telegrafi.com»
Braziliya terma jamoasi afsonasi Pele Instagramda «Parij Sen-Jermen» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messidan uzr so‘radi. U 34 yoshli hujumchini braziliyalik futbolchining rekordini yangilaganda vaqtida tabriklamaganini tan oldi.

«Salom, Messi. Kechikkan bo‘lsam, uzr. Ammo shu oy boshida yana bir rekordni yangilaganingiz bilan tabriklash imkoniyatini qo‘ldan boy bermoqchi emasdim. Siz ajoyib iste’dod sohibisiz. Umid qilamanki, do‘stlarim Mbappe va Neymar bilan bundan ham ko‘proq yutuqlarga erishasiz», — deb yozgan Pele.

Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tgan JCH-2022 saralash musobaqasida Boliviyaga qarshi kechgan o‘yinda (3:0) hujumchi xet-trikka erishgan. U Janubiy Amerika terma jamoasi uchun eng ko‘p gol urish bo‘yicha Braziliya terma jamoasi safida uch karra jahon chempioni bo‘lgan Pele rekordini yangilashning uddasidan chiqdi.

Messi Argentina uchun 79 ta, Pele esa Braziliya uchun 77 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pele Messidan kechirim so‘radi