23:15 / 27.09.2021
1 544

Shuhrat Maqsudov: "Futbolchilarimga nima bo‘ldi, o‘zim ham hayronman"

Shuhrat Maqsudov: "Futbolchilarimga nima bo‘ldi, o‘zim ham hayronman"
Superliganing 20-turidan o‘rin olgan “Nasaf” — “Bunyodkor” (5:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Shuhrat Maqsudov o‘z fikrlarini bildirdi.

- "Nasaf" jamoasini haqli g‘alaba bilan tabriklayman. Ularga keyingi o‘yinlarda omad tilayman. Xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda, ushbu musobaqada ham ularga omad tilayman.

Bugungi mag‘lubiyatning sababi haqida hozir bir narsa deya olmayman. Uchrashuv boshida futbolchilarimga nima bo‘ldi, o‘zim ham hayronman. Juda sust harakat qilishdi va o‘ziga bo‘lgan ishonch yo‘qolib qoldi.

Bugun "Nasaf" tarkibidagi eng yaxshi futbolchi - "Nasaf"ning barcha futbolchilari. Bugun "Nasaf"da butun jamoa yaxshi o‘ynadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Shuhrat Maqsudov: "Futbolchilarimga nima bo‘ldi, o‘zim ham hayronman"
[/banner_pushhouse