13:19 / 28.09.2021
2 469

«Nasaf»ning biryo‘la 3 futbolchisi OFK kubogida tengsiz deb topildi

«Nasaf»ning biryo‘la 3 futbolchisi OFK kubogida tengsiz deb topildi
Husayn Norchayev
Foto: OFK

Qarshining "Nasaf" klubidan biryo‘la 3 futbolchi OFK e’tirofiga ko‘ra Osiyoda tengsiz deb topilgan. Ular: Husayn Norchayev, Sherzod Nasrullayev va Oybek Bozorov.

To‘purar
OFK kubogi o‘yinlarini tahlil qilgan OFK har bir yo‘nalishda eng yaxshilarni aniqlab chiqdi. Hozircha 19 yoshli Husayn Norchayev yagona to‘purar bo‘lib turibdi.

1. Husayn Norchayev, "Nasaf" – 6
2. Elman Tagayev, "Ahal" – 5
3. Altimirat Annadurdiyev, "Altin Asir" – 4
4. Ronald Ngah, "As-Salt" – 4
5. Ahmad Akaychi, "Kuvayt" – 4

Assistentlik
Norchayev eng yaxshi to‘purar bo‘lib turgan bo‘lsa, "Nasaf"ning yana bir futbolchisi Sherzod Nasrullayev golli pas berish bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.

1. Sherzod Nasrullayev, "Nasaf" – 5
2. Abdulvahob Al Mavlud, "Al-Muharraq" – 4
3. Rasul Hojayev, "Ahal" – 3
4. Udanta Singh, "Bengaluru" – 2
5. Kornelius Styuart, "Maziya Sports & RC" – 2

Dribling
Raqiblarni mohirona ortda qoldirishda Oybek Bozorovga teng keladigani topilmadi. 24 yoshli hujumchi ayni paytda 12 marta dribling qilgani bilan yetakchilikni egallab turibdi.

1. Oybek Bozorov, "Nasaf" – 12
2. Mirlan Murzayev, "Dordoy" – 11
3. Hassan Matuk, "Al-Ansar" – 11
4. Robino, "Bashundhara Kings" – 11
5. Hamza Muhammad, "Maziya Sports & RC" – 10

Imkoniyat yaratish
Imkoniyatlar yaratish bo‘yicha birinchilikni olmagan bo‘lsa-da, "Nasaf"ning legioner futbolchisi Marko Stanoyevich 4-o‘rinda qayd etildi. Birinchi o‘rinni xitoylik futbolchi ilib ketdi.

1. Vu Chun-Ching, "Taynan Citi" – 17
2. Abdulvahob Al-Mavlud, "Al-Muharraq" – 16
3. Ahmad Israivah, "As-Salt" – 15
4. Marko Stanoyevich, "Nasaf" – 13
5. Kim Seung-Yong, "Li Man" – 12

Duellarda ustunlik
OFK o‘yinlarida yakkalik kurashlarda ustun kelish bo‘yicha Oybek Bozorov 1 ta ochko farq bilan yetakchilikni qo‘ldan boy bermoqda. Hali oldinda final o‘yini borligini hisobga olsak, bunda ham oldinga chiqib olish imkoniga ega.

1. Mahmud Abu Varda, "Markaz Balata" – 30
2. Artyom Serdyuk, "Xo‘jand" – 30
3. Oybek Bozorov, "Nasaf" – 29
4. Adham Al-Quraishi, "As-Salt" – 27
8. Eldor Moldojunusov, "Oloy" – 26

Zarbalar
Darvoza tomon zarbalar berish samaradorligi bo‘yicha to‘purar Husayn Norchayev ikkinchi o‘rinda qayd etilgan. "Ahal" futbolchisi Elman Tagayev hozircha birinchi o‘rinda bormoqda.

1. Elman Tagayev, "Ahal" – 35.7%
2. Husayn Norchayev, "Nasaf" – 27.2%
3. Altimirat Annadurdiyev, "Altin Asir" – 25%
4. Xolid Salom, "Markaz Balata" – 23%
5. Gil, "Li Man" – 21%

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Nasaf»ning biryo‘la 3 futbolchisi OFK kubogida tengsiz deb topildi