17:44 / 28.09.2021
2 110

Samvel Babayan keyingi o‘yinlarda "Navbahor" klubi bosh murabbiyi vazifasini bajaradi

Samvel Babayan keyingi o‘yinlarda "Navbahor" klubi bosh murabbiyi vazifasini bajaradi
Oxirgi paytlarda Samvel Babayanning o‘yin payti texnik hududda bo‘layotgani ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Buni qarang-ki, ushbu mutaxassis navbatdagi uchrashuvlarda ham bosh murabbiy turadigan joyda ko‘rinish beradi. Sababi "lochinlar" ustozi Viktor Jalilov betob bo‘lib qolgan. Bu haqda klub PFLga xat yuborgan.

- "Navbahor" — "Qizilqum" o‘yini oldidan Viktor Jalilov betob ekani va texnik zonada Samvel Babayan futbolchilarga ko‘rsatma berishi mumkinligi borasidagi xabarga nisbatan turli fikrlar yangradi.

Babayan Reglamentni buzishi bilan jarimaga tortildi. Qayta buzgach, bitta uchrashuvdan chetlatildi. Shu tariqa, u jarima to‘ladi va "Turon" bilan o‘yinda texnik zonaga qo‘yilmadi.

Suratda esa "Navbahor" rahbari tomonidan yozilgan xat mazmuni bor. Biz Jalilovga sog‘liq tilaymiz. Biroq uning ahvoli yaxshi bo‘lmasa, o‘rnida Babayan ishlashiga qarshilik ko‘rsatmaymiz. Jalilov texnik zonada bor vaqtida futbolchilarga ko‘rsatma berish yoki hakamga murojaat qilish uchun faqatgina u haqli hisoblanadi.

Biror xabarni muhokama qilishdan avval uni yaxshilab tushunib olish zarar qilmaydi. Biz uchun Reglament oldida barcha barobar, - dedi PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi sahifasida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan keyingi o‘yinlarda "Navbahor" klubi bosh murabbiyi vazifasini bajaradi