18:58 / 28.09.2021
1 999

Karlo Anchelotti: "Sherif" guruh peshqadami va biz ehtiyot bo‘lishimiz lozim

Karlo Anchelotti: "Sherif" guruh peshqadami va biz ehtiyot bo‘lishimiz lozim
Bugun YECHL 2-turi doirasida "Real" hamda "Sherif" jamoalari o‘zaro kurash olib boradi. Mazkur bahs oldidan madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti matbuot anjumanida ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"Menda "A" va "B" jamoalari yo‘q, men har bir o‘yin uchun alohida futbolchi tanlayman. Bizning yarim himoyamizda Modrich, Kazemiro, Kroos, Valverde, Isko, Asensio va Kamavinga kabi futbolchilar borligi ajoyib. Ularning barchasi mavsum davomida bizga foyda keltiradi. Men ilgari bunday kuchli yarim himoyachilar bilan kamdan-kam ishlaganman.

Biz Chempionlar Ligasini yutishimiz kerak. Bu turnirdagi barcha uchrashuvlarga maxsus tayyorgarlik zarur. "Sherif" yaxshi o‘ynamoqda. Ular guruh peshqadami va biz ehtiyot bo‘lishimiz kerak, chunki biz tezkor hujum uyushtiruvchi raqibga duch kelmoqdamiz. Bizga uchta ochko kerak va biz diqqatimizni to‘liq jamlashimiz lozim
", - dedi Anchelotti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Karlo Anchelotti: "Sherif" guruh peshqadami va biz ehtiyot bo‘lishimiz lozim