18:20 / 13.10.2021
1 947

Masharipov qishda Arsen Venger qo‘l ostida PSJga qarshi o‘ynashi mumkin

Masharipov qishda Arsen Venger qo‘l ostida PSJga qarshi o‘ynashi mumkin
Arsen Venger bir o‘yin uchun Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" va "Al-Hilol" klublari futbolchilaridan tashkil topgan jamoaga murabbiy bo‘ladi.

Birlashgan jamoa 2022 yil yanvar oyida "Riyad Season Cup" o‘rtoqlik turniri doirasida PSJga qarshi o‘ynaydi.
Aytish lozimki, Venger 22 yil davomida "Arsenal"ni boshqargan. Fransiyalik mutaxassis “kanonirlar” boshqaruvini 2018 yilda tark etgan va shundan buyon murabbiylik qilmay kelmoqda.

Arsen Venger hozirgi paytda FIFAda futbolni global rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlab kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Al-Nasr" jamoasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov ham to‘p suradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Masharipov qishda Arsen Venger qo‘l ostida PSJga qarshi o‘ynashi mumkin