22:49 / 13.10.2021
2 679

Superliga 2022 yilgi mavsumiga yo‘llanma olgan ikkinchi jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

Superliga 2022 yilgi mavsumiga yo‘llanma olgan ikkinchi jamoa nomi ma’lum bo‘ldi
Samarqandning «Dinamo» klubi Superliga 2022 yilgi mavsumiga yo‘llanma oldi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pro-Ligasining 17-turida «Olimpik» 13 oktabr kuni «Nurafshon»ga qarshi bahsda raqib darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi. Bu g‘alaba «Dinamo»ning muddatidan avval Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishiga sabab bo‘ldi. «Nurafshon» ushbu o‘yindagi mag‘lubiyatdan so‘ng 2-o‘rinni egallash imkoniyatini boy berdi va «Dinamo»ning Superligaga chiqishini ta’minladi.

Shu tariqa samarqandliklar ikki yildan so‘ng Superligaga qaytdi. 2019 yilgi mavsumda «Dinamo» 14-o‘rinni egallab, Pro-Ligaga tushib ketgan edi.

Avvalroq «Neftchi» muddatidan oldin Superligaga chiqish vazifasini uddalagan edi.

Foto: PFL
Eslatib o‘tamiz, Pro-Ligada dastlabki ikki o‘rinni olgan jamoalar Superligaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Pro-Liganing uchinchi jamoasi Superliganing 12-o‘rin egasi bilan o‘tish bahsida qatnashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga 2022 yilgi mavsumiga yo‘llanma olgan ikkinchi jamoa nomi ma’lum bo‘ldi