20:57 / 15.10.2021
761

"Nasaf" o‘z maydonida "Metallurg"ni kichik hisobda mag‘lub etdi

"Nasaf" o‘z maydonida "Metallurg"ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Superliga 22-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Metallurg" baxsi yakuniga yetdi. Mazkur uchrashuvda qarshiliklar raqibdan 1:0 hisobida ustun keldi.

O‘yinning 12-daqiqasida Eshmurodov himoyadagi palapartishlikdan so‘ng hisobni ochdi va bu gol "ajdarlar"ga muhim 3 ochkoni taqdim etdi. Shuningdek, "Metallurg" 88-daqiqada penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi va darvozabon Umid Ergashev bu vaziyatda ishonchli o‘ynadi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng qarshiliklar ochkolari sonini 39 taga yetkazib olgan holda, 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bekobodliklar hisobidagi 19 ochko o‘zgarmay qoldi.

"Nasaf" – "Metallurg" 1:0
Gol
: Umar Eshmurodov 12, 1:0

"Nasaf": 1.Umidjon Ergashev, 5.G‘olib G‘aybullayev, 7.Doniyor Narzullayev (20.Suxrob Nurulloyev, 69), 8.Dilshod Saitov (4.Husniddin Aliqulov,69), 18.Bahrom Abdurahimov ( 99.Andriya Kaluderovich 61), 19.Husayn Norchayev (50.Shohmalik Komilov, 81), 22.Akmal Mozgovoy, 34.Sherzod Nasrullayev, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoyevich ( 70.Abubakr Rizo Turdaliyev, 81), 92.Umar Eshmurodov.
Zaxira: 13.Azamat Soyibov, 2.Alibek Davronov, 6.Murodbek Rahmatov, 15.Jo‘rabek Mannonov.

"Metallurg": 1.Akmal Tursunboyev, 4.Odil Abdumajidov, 6.Xudoyshukur Sattorov, 8.Salamat Qutiboyev (9.Mahmudjon Qudratillayev, 57) , 22.Shahzod G‘ofurbekov, 28.Stanislav Andreyev, 30.Ibrohim Ibragimov, 48.Dilshod Rahmatullayev (70.Muhammad Isayev, 57), 55.Akbar Ismatullayev (90.Abdurahmon Abdulhaqov 57), 80.Farruh Ibrohimov, 98.Damir Temirov (7.Ruslan Roziyev,71).
Zaxira: 12.Aleksandr Lobanov, 3.Akbar Abdirasulov, 10.Shahzodbek Nurmatov, 21.Kamoliddin Tojiyev, 79.Bobir Davlatov.

Ogohlantirishlar: Xudoyshukur Sattorov 43 ("Metallurg"), Bahrom Abdurahimov 51 ("Nasaf"), Muhammad Isayev 66 ("Metallurg")
Chetlatish: Xudoyshukur Sattorov 47 ("Metallurg")

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » "Nasaf" o‘z maydonida "Metallurg"ni kichik hisobda mag‘lub etdi