20:16 / 17.10.2021
2 251

OCHL. Finalda Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya klublari to‘qnash keladi!

OCHL. Finalda Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya klublari to‘qnash keladi!
Osiyo Chempionlar ligasi chorak final bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Birinchi bahsda "Chonbuk Motors" o‘z maydonida "Ulsan"ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Mezbonlar safida Xan Gyovon va Takaxiro Kunimoto kiritgan gollarga mehmonlar Valeriy Kazaishvili hamda Yun Il Lokning aniq zarbalari evaziga javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Asosiy vaqtda kuchlar teng kelgach, hakam tomonlarni qo‘shimcha bo‘limlarga taklif etdi. 101-daqiqada gol muallifiga aylangan Li Don Gyon yakunda jamoasiga keyingi bosqich chiptalarini olib berdi.

Ikkinchi qarama-qarshilikda "Poxang Stilers" hamda "Nagoya Grampus" jamoalar o‘zaro bahs olib bordi. Bir tomonning katta ustunligi ostida kechgan uchrashuvda maydon egalari 3:0 hisobida zafar quchdi. Lim San Xyop dubl qayd etgan bo‘lsa, Sin Mo Li bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

Endi final ostonasida Janubiy Koreyaning ikki klubi - "Ulsan" hamda "Poxang Stilers" o‘zaro kurash olib boradi. G‘arbiy mintaqada esa, legionerimiz Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Al-Nassr" klubi saudiyaning boshqa bir grandi "Al-Hilol"ga qarshi maydonga tushadi.

Yarim final uchrashuvlari 19 va 20 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OCHL. Finalda Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya klublari to‘qnash keladi!